Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Namanganda ikkinchi zilzila qayd etildi

Bugun Namanganda ikkinchi zilzila qayd etildi

O‘zbekistonda so‘nggi bir sutka ichida ikkinchi zilzila qayd etildi. Bunisining ham markazi Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan.

FVV yozishicha, bugun 6-dekabr Toshkent vaqti bilan soat 19:18 da epitsentri Pop tumanida joylashgan zilzila qayd etilgan.

Yer silkinishi kuchi Pop tumanida 2-3 ball (15 km), Dang‘ara tumanida 2 ballga (27 km) teng bo‘ldi.

Silkinish magnitudasi — 3,4. Chuqurligi — 11 km.

Epitsentr Toshkentdan 133 km janubi-sharqda joylashgan. Koordinatalari: 40,88 N, 70,72 E

Ma’lumot uchun: 6-dekabrga o‘tar kechasi soat 2:04 da ham o‘chog‘i Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan zilzila ro‘y bergan edi. Uning epitsentrdagi sezilish kuchi: 5 ball, magnitudasi 4,5, chuqurlik 17 km bo‘lgan. Epitsentr Toshkent shahridan 135 kilometr olisda joylashgan.

Birinchi zilzila vodiydan tashqarida ham sezilgan edi: Namanganda 3 ball, Farg‘onada 2-3 ball, Andijonda 2 ball, Toshkent va Sirdaryoda 2 ballga teng yer silkinishi qayd etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring