Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda soxta «iPhone»furush» qo‘lga tushdi

Buxoroda soxta «iPhone»furush» qo‘lga tushdi

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida yashab kelayotgan fuqaro R.J. Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘z tengdoshi bo‘lgan 19 yoshli M.I. bilan tanishgan.

M.I. o‘ziga tegishli bo‘lgan «iPhone» rusumli uyali telefon apparatini arzon narxda sotayotganini aytgan. R.J. o‘z tengdoshi taklif etgan «iPhone»ning narxi 1 250 000 so‘m miqdorida ekanidan xursand bo‘lib, uni sotib olishini bildirgan. M.I. esa R.J.ga ushbu pullarni o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik karta raqamiga o‘tkazishini va to‘lovni amalga oshirgach, telefon apparatini yetkazib berishini aytgan.

M.I. o‘zi so‘ragan miqdordagi pulni o‘z plastik kartasiga tashlab olishga erishgan. Oradan bir necha kun o‘tishiga qaramay, M.I. qorovulbozorlik tengdoshiga «iPhone»ni yetkazib bermagan. Va R.J.ning savollarini ham javobsiz qoldirgan. Shundan so‘ng R.J. shubhaga tusha boshlagan va bu haqda ichki ishlar organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan ish qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor-texnik surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni andijonlik shaxs sodir etgani aniqlangan.

Ayni paytda ushbu shaxsning boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring