Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onadagi YTHda 18 va 19 yoshli fuqarolar halok bo‘ldi

Farg‘onadagi YTHda 18 va 19 yoshli fuqarolar halok bo‘ldi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Hodisa 2026-yil 14-iyun kuni O‘zbekiston tumani «A.Jomiy» MFYda,«Qo‘qon-Yaypan-Isfara» avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

2008-yilda tug‘ilgan haydovchi R.N (ayol) Lacetti rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasiga amal qilmasdan qarama qarshi yo‘nalishga o‘tib, o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1973-yilda tug‘ilgan R.O FAW TIGER rusumli avtomobili bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada Lacetti avtomobil haydovchisi R.N (ayol) va avtomobilda bo‘lgan 2007-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi Z.Sh shifoxonada vafot etgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring