Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashinalarni suratga olib pul ishlaganlar ushlandi — rasmiy munosabat

Mashinalarni suratga olib pul ishlaganlar ushlandi — rasmiy munosabat

Foto: Skrinshot

Bugun ijtimoiy tarmoqda tarqalgan «Bizga kelgan videoga ko‘ra Xatirchida mashinalarni to‘xtash mumkin emas joyga to‘xtaganini yuborib pul ishlagan odamni ushlashganini aytilmoqda»nomli videoga Navoiy viloyati IIB rasmiy munosabat bildiradi.

2021-yil 29-iyun kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumani markazida Xatirchi tumani «Ko‘ksaroy» MFYda yashovchi Sh.A. hamda Xatirchi tumani «Ko‘ksaroy» MFYda yashovchi S.O. moddiy manfaat ilinjida tuman markazida taksichilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning avtomashinalarining davlat raqamlarini yashirin ravishda suratga olib, internet ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirish maqsadida avtomashinalarni yo‘l chetida turgan vaqtida suratga tushirish bilan shug‘ullanib yurishgan vaqtlarida tuman markazida taksichilik bilan shug‘ullanuvchi bir necha nafar shaxslar ularni ko‘rib, ulardan nima sababdan suratga tushirib yurganligini, buning uchun ularga jarima belgilanayotganligini malum qilishgan vaqtlarida ular mashinalarining davlat raqamlarini suratga tushirishmaganligini aytib, qilgan ishidan bo‘yin tovlaganidan so‘ng ushbu shaxslarni tuman markazida taksichilik bilan shug‘ullanib yurgan shaxslar urib do‘pposlab, suratga olgan telefon apparatlarini tortib olishib, boshqarib yurgan oq rangli spark rusumli 85 Q 127 GA davlat raqamli avtomashinaning «banferlariga, oynalariga, kuzov qismlariga» moddiy zarar yetkazgan.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslarning barchasi tuman IIB binosiga olib kelinib, shaxsiga aniqlik kiritilib, barmoq izlari olinib, holat yuzasidan batafsil tushuntirish xatlari olindi.

Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring