Qaşqadaryoda alimentdan qarzi bor fuqaro quti içidan topildi
32 yoşli fuqaro 2018-yilda çiqarilgan sud buyruğiga asosan bir nafar farzandi taʼminoti uçun aliment tölaşi lozim edi. Ammo u yillar davomida belgilangan tölovlarni töliq amalga oşirmay, kam miqdorda tölab kelgan.
Qarzdorning yaşiringan joyini aniqlaş maqsadida 2024-yilda unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan va u qidiruv tadbirlari davomida topilgan edi.
Biroq şundan keyin ham u öz xulosasini çiqarmadi. Bu safar ham davlat ijroçilaridan yaşirinişga uringan qarzdor katta quti içiga kirib, ustini körpaça va turli buyumlar bilan berkitib oldi.
Lekin davlat ijroçilari vaziyatni sinçkovlik bilan örganib, quti içida kimdir yaşiringanini aniqlaşdi. Natijada qarzdorning navbatdagi yaşirinişga bölgan urinişi ham samara bermadi.
Qarzdorga nisbatan mavjud 44 mln söm qarzdorligi sababli JIB Koson tuman sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi, deyiladi MIB matbuot xizmati xabarida.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter