Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola Vatanga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola Vatanga qaytarildi

Rossiya Federatsiyasi hududida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 14 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga olib kelindi.

Bu Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida amalga oshirildi.

Bolalar Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali olib kelinib, vaqtincha Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.

Zarur tartib-taomillardan so‘ng 13 nafar bola ota-onalariga topshirildi. Yana 1 nafar bola esa markaz xodimlari hamrohligida Andijon shahriga yuborilib, onasiga topshiriladi.

Bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari ularning yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davom ettiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring