Tezkor! Toshkentda baxtsiz hodisa: 4 kishi halok bo‘ldi

Faqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahrida bino konstruksiyasining qulashi oqibatida yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida birlamchi ma’lumot berdi.
Bugun, 28-avgust kuni soat 13:18da Toshkent FVB navbatchilik qismining bergan birlamchi ma’lumotiga ko‘ra, Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida yangi qurilayotgan «Riviera» savdo majmuasining qurilish jarayonida metal konstruksiyani qulashi sodir bo‘lgan. Natijada, 4 nafar ishchi xodim vafot etgan va 2 nafari tan jarohat olgan.
Hodisa joyiga Faqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va shahar FVB xodimlari chiqishgan. Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter