Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi pichoqlangani aytilmoqda

Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi pichoqlangani aytilmoqda

Poytaxtda taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi, Janubiy Koreya fuqarosi pichoqlab o‘ldirilgan. Bu haqda UPL xabar berdi.

39 yoshli Kim Jin Jung Janubiy Koreya fuqarosi bo‘lgan 44 yoshli tanishi bilan janjalda pichoqlangan. Hodisa 15-iyun kuni Chilonzor tumanida, soat 04:00 atrofida sodir bo‘lgan.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u ertasi kuni vafot etdi. Ta’kidlash joizki, voqea sodir bo‘lgan paytda ayblanuvchi mast holatda bo‘lgan.

Hozirda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent koreyalik fuqaro o‘z hamyurtini pichoqlagani xabar qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring