Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aktrisa Gavhar Sharipovaning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxsga tayinlangan jazo ma’lum bo‘ldi

Aktrisa Gavhar Sharipovaning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxsga tayinlangan jazo ma’lum bo‘ldi

Foto: Kino-teatr.ru

«Opa-singillar» serialida Nafisa rolini ijro etgan aktrisa Gavhar Sharipova 2019-yilning 18-noyabr kuni kechasi Qashqadaryo viloyatida yo‘l-transport hodisasiga uchrab halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Aktrisaga yuk mashinasi haydovchisi shilqimlik qilgani, shundan so‘ng u yurib ketayotgan mashinadan o‘zini tashlab yuborgani aytilgandi.

«Daryo» xabariga ko‘ra, sud 2020-yilning 12-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi binosida ochiq majlis ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan.

Qayd etilishicha, sud F.Sh.ni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan ayblagan. Shuningdek, sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalariga asosan, avvalgi hukmi yuzasidan o‘talmay qolgan jazo muddati qisman qo‘shilib, transport vositalarini boshqarish huquqidan 2 yil-u 6 oyga hamda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Asosiy jazo muddati 2019-yil 19-noyabrdan boshlab hisoblanishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring