Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda ushlangan Mudofaa ishlari bo‘limi xodimiga sud hukmi o‘qildi

Buxoroda ushlangan Mudofaa ishlari bo‘limi xodimiga sud hukmi o‘qildi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoroda o‘z xizmat vakolatini suiste’mol qilib, fuqarodan pora undirayotgan paytda qo‘lga olingan Mudofaa ishlari bo‘limi xodimiga sud hukmi bilan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro  shahar sudi sudyasi Nodir Ashurov ma’lum qildi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, 1994 yilda tug‘ilgan Sh.R. Buxoro shahar Mudofa ishlari bo‘limi chaqiruv bo‘linmasi boshlig‘ining katta yordamchisi vazifasida ishlab kelgan. Sh.R. fuqaro Q.H.ning ishonchiga kirib, vakolatli tanishlari orqali 100 AQSh dollari evaziga xorijga chiqish biometrik pasportini tez muddatda olib berishni va’da qilgan. Uni aldab, pora berishga dalolat qilib, Buxoro shahar Mudofa ishlari bo‘limi ma’muriy binosi oldida H.Q.dan  100 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan.

Sudda Sh.R. aybiga qisman iqrorlik bildirib, fuqaro H.Q. bilan harbiy xizmatni o‘tamagan chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga yoki safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatiga jalb qilish paytida tanishgani, xorijga chiqish biometrik pasporti olishiga maslahat so‘raganida, unga yordam berishga roziligini bildirgan. H.Q.ga Buxoro viloyati Migratsiya va fukarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga borib, rasmga tushib, to‘lovini qilib pasport olish mumkinligini aytgan. Bir necha kundan keyin H.Q.ning pasporti tayyor bo‘lgan va u pasportini olgan.  Sh.R. esa fuqaro H.Q.ga xizmat haqi sifatida 100 AQSh dollari berishi lozimligini eslatgan.

«Arzimagan pul evaziga o‘z lavozimini suiste’mol qilgan shaxs «xizmati haqi»ni olayotgan vaqtda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Sud-tergov jarayonida Sh.R. o‘ziga uncha yaqin bo‘lmagan tanishi H.Q. da’vosidan kechishi uchun undan pul berishni talab qilganini, lekin unga boshqa pul bermaganini, qilmishidan pushaymonligini, qarmog‘ida nogironligi bo‘lgan ota-onasi borligi va o‘zi oilada yagona boquvchi ekanini bildirib, suddan o‘ziga qonuniy yengillik berishni so‘radi», — dedi sudya.

Sud hukmiga ko‘ra, Sh.R. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25- ( Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 168-(Firibgarlik) hamda 28- (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211- (Pora berish) moddasining turli qismlari bilan aybli, deb topilgan. U bir yil muddatga Mudofaa ishlari bo‘limlarining chaqiruv bo‘linmalarida hamda mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan.

«Hali uylanmagan, oliy ma’lumotli Sh.R. o‘z xatti-harakatlariga nisbatan jazo oldi. Unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Kech soat 22:00 dan ertalab soat 6:00 ga qadar yashash joyidan chiqishi cheklandi», — dedi sudya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring