Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada mushukni yoqib yuborganlarga yangi jazo tayinlandi

Farg‘onada mushukni yoqib yuborganlarga yangi jazo tayinlandi

Farg‘onada mushukni tirik holda yoqib yuborgan uch nafar shaxsga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

Quvasoy shahar prokurorining protesti bilan yuqoridagi qaror bekor qilinib, huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) 2-qismi va 189-1-moddasi (tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudiga yuborilgan.

Bugun ochiq sud majlisida M. A. (1983 yilda tug‘ilgan), Az. A. (1995 yilda tug‘ilgan) va As. A. (2005 yilda tug‘ilgan) ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining 2023 yil 21 iyundagi qaroriga ko‘ra M. A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi va 189-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilib, unga ushbu kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish) ga asosan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi;

Az. A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi;

As. A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring