“Ko‘cha" jinoyatchiligi “biznes niqobi”ga yashirinmoqda
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi ayrim sustkashliklar keskin tanqid qilindi. Xususan, chet elga chiqib, u yerda uyushgan jinoiy guruhlar tuzgan, shu jumladan o‘z fuqarolarimizni ham talon-taroj qilayotgan shaxslar faoliyatiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmayotgani qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, ilgari asosan “ko‘cha jinoyatchiligi” sifatida namoyon bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik bugungi kunda “biznes niqobi” ostida daromadli sohalarga kirib bormoqda. Ayniqsa, ko‘p qavatli uylar hamda avtomashinalar oldi-sotdisi, moliyaviy piramidalar tashkil etish, shuningdek, “Haj” va “Umra” ziyoratini uyushtirish bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘payganiga e’tibor qaratildi.
Ma’lum qilinishicha, shaharda xonadon sotish bilan bog‘liq firibgarliklar natijasida 3 mingdan ortiq fuqaroga jami 1,3 trillion so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Shuningdek, mas’ul idoralar tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarni firibgarlar qopqonidan himoya qilish borasidagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmayotgani ham tanqid ostiga olindi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter