Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda yangi prokuror tanishtirildi

Namanganda yangi prokuror tanishtirildi

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Namangan viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov ishtirok etgan.

Bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan viloyatning sobiq prokurori Akmalxo‘ja Mavlonovning xizmatlari alohida e’tirof etilib, izzat-ikrom bilan kuzatildi.

Jahongir Hotamov 2016—2017-yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari,  2017—2018-yillarda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

U 2018 yil fevralidan  hozirga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Namangan viloyati hokimligi viloyat prokurori Jahongir Jo‘rayevich Hotamovga faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring