Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir hujjatni imzoladi

Prezident Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir hujjatni imzoladi

Joriy yil 14-avgust kuni Prezidentning «Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–248-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, quyidagilar 2025–2026 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

  • yalpi hududiy mahsulot hajmini o‘rtacha 6–6,5 foizga yetkazish;
  • sanoat ishlab chiqarishi hajmini 5–6 foizga yetkazish;
  • bozor xizmatlari hajmini 15–17 foizga yetkazish.

Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2035-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya 5 yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi.

Dasturni moliyalashtirish uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) bo‘yicha 150–200 million AQSh dollari miqdoridagi xorijiy mablag‘lar jalb qilinadi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring