Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir mansabdor pora bilan ushlandi

Yana bir mansabdor pora bilan ushlandi

Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar doirasida yana bir mansabdor shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘limi boshlig‘i mahalliy MChJ hududida tegishli ruxsatnomasiz kesilgan 14 tup gujum, 6 tup archa, 1 tup tut va 1 tup chinor daraxtlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomada tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini kamaytirib ko‘rsatish evaziga 500 AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs pora pulni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring