Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘l qoidabuzarliklari uchun ogohlantirish tartibi joriy etildi

Yo‘l qoidabuzarliklari uchun ogohlantirish tartibi joriy etildi

Foto: «Xabar.uz»

Qonun (O‘RQ–1116-son, 2026 yil 4 fevral) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish jazosini qo‘llash tartibi belgilandi.

Ma’muriy ogohlantirish huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida rasman ogohlantirish va tanbeh berishni nazarda tutadi. U yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Mazkur chora Kodeksning 125-moddasi 1 va 2-qismlari, 128¹, 128², 128⁶, 135¹-moddalari hamda 138-moddasi 1 va 2-qismlarida ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

Bunda huquqbuzar shaxs o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, shuningdek, Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmagan hollarda, ma’muriy jazo qo‘llashga vakolatli organ tomonidan ogohlantirish berish mumkin.

Qonunga muvofiq, ma’muriy ogohlantirish ayni bir shaxsga nisbatan bir yil davomida bir martadan ortiq qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring