Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon hokimi gumondordan ayblanuvchiga aylandi

Andijon hokimi gumondordan ayblanuvchiga aylandi

Joriy yilning 6 iyun kuni Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangani xabari berilgandi.

Unda amaldorga qanday ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi 48 soatda hal etilishi alohida qayd etilganidan boxabarsiz.

Bugun B. Haydarovga nisbatan sud  ajrimi bilan  «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llandi.  Ayni xabarni  «Xabar.uz» manbasi tasdiqladi.

Hokimning rasman qamoqqa olinishi unga nisbatan ayb e’lon qilinganini anglatadi. Aytilishicha, u juda ko‘p miqdorda  o‘zganing mulkini talon-toroj qilishda (Jinoyat kodeksining 167-moddasi) ayblanmoqda.

Yana bir gap: shaxsning qamoqqa olinishi uni egallab turgan lavozimdan chetlatishni taqazo etadi. Hozircha Andijon shahar hokimi B. Haydarov vazifasidan ozod etilgani haqida rasmiy xabar berilgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring