Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim yoshlarning muammolarini eshitdi: tafsilotlar

Hokim yoshlarning muammolarini eshitdi: tafsilotlar

Foto: Kitob tumani hokimligi

Tuman hokimi yoshlar muammolarini eshitdi. Kitobda «Yoshlar kuni» tadbirlari: navbatdagi muloqot «To‘pchoq» mahallasida o‘tkazildi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Davlat rahbari tashabbuslari bilan joriy etilgan «Yoshlar kuni» an’anasi doirasida Kitob tumanida yosh avlod vakillari bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda. 

Mazkur chora-tadbirlarning uzviy davomi sifatida tumandagi «To‘pchoq» mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi. Tadbirda Kitob tumani hokimi Rustam G‘ofurov, tuman prokurori Xurshid Bahromov huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, mahalla faollari hamda hudud yoshlari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda yoshlar siyosatiga oid quyidagi ustuvor masalalar muhokama markazida bo‘ldi: 

Bandlikni ta’minlash: Yoshlarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish; 

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish tartibi; 

Kasb-hunarga yo‘naltirish: Zamonaviy kasblarni egallash uchun yaratilgan imkoniyatlar; 

Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish: Madaniy va sport tadbirlari qamrovini kengaytirish.

Uchrashuvda real muammolar ham ko‘tarildi. Ishga kirishda qiynalayotgan yoshlar so‘zga chiqdi, maktablardagi kamchiliklar bayon etildi. Xususan, maktablarda kompyuter sinflari va laboratoriya jihozlarini yangilash masalasi ko‘tarildi. Tuman hokimi muammoni o‘rganish va hal qilish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi. 

Muloqot davomida bildirilgan har bir murojaat va taklif mutasaddilar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga aniq muddatli topshiriqlar berildi.

Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt talab etadigan murojaatlar tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring