Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston, statistika: meva-sabzavot eksporti oshishi kuzatildi

O‘zbekiston, statistika: meva-sabzavot eksporti oshishi kuzatildi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston qiymati qariyb 450 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 821 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 104 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 6 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

- meva va rezavorlar – 118 ming tonna

- quritilgan meva va rezavorlar – 21 ming tonna

- sabzavotlar – 576 ming tonna

- karam – 130 ming tonna

- pomidor – 56 ming tonna

- uzum – 11,1 ming tonna

- mayiz – 38 ming tonna

- yeryong‘oq – 11 ming tonna

- tarvuz-qovun – 67,8 ming tonna

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring