Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda meva-sabzavotlar eksporti qariyb 12 foizga ortdi

O‘zbekistonda meva-sabzavotlar eksporti qariyb 12 foizga ortdi

Davlat statistika qo‘mitasi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda 2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning meva-sabzavot mahsulotlari eksporti haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyun oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 449,4 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 820,8 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu esa 2021 yilning shu davridagiga nisbatan 11,6 foiz ko‘p.

Meva-sabzavotlar eksportida qiymati jihatidan uzum (mayizni qo‘shgan holda) eng katta ulushga ega - 10,9 foiz.

Undan keyingi o‘rinlarni pomidor – 9,4 foiz, mosh – 9,1 foiz, gilos – 7,4 foiz, karam – 7,2 foiz, piyoz – 5,2 foiz, shaftoli – 4,0 foiz, qovun va tarvuz – 3,6 foiz egalladi. 2022-yilning yanvar-iyun oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlarning ulushi 4,5 foizni tashkil etgan.

Meva-sabzavotlarning asosiy qismi Rossiya (36,3 foiz), Qozog‘iston (24,5 foiz), Xitoy (9,8 foiz), Pokiston (4,9 foiz), Qirg‘iziston (4,8 foiz) Afg‘oniston (3,5 foiz), Belarus (2,5 foiz) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlari eksportidan ham daromad olib, 2021-yilda 33 ta xorijiy davlatlarga qiymati 26,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 27,6 ming tonna qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring