Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi xizmat turlari eng tez o‘smoqda?

Qaysi xizmat turlari eng tez o‘smoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 533,1 trln so‘mni tashkil etdi.

O‘sish sur’atlari eng yuqori xizmatlar — moliya, aloqa va axborotlashtirish hamda ta’lim sohalari.

Xizmatlar turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha:

  • moliyaviy xizmatlar — 124,9 foiz;
  • aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,2 foiz;
  • ta’lim sohasidagi xizmatlar — 121,0 foiz;
  • ijara xizmatlari — 117,6 foiz;
  • ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 117,5 foiz;
  • me’morchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,3 foiz;
  • sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 114,7 foiz;
  • yashash va ovqatlanish xizmatlari — 114,1 foiz;
  • savdo xizmatlari — 114,0 foiz;
  • transport xizmatlari — 113,3 foiz;
  • kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 113,0 foiz;
  • shaxsiy xizmatlar — 111,6 foiz;
  • boshqa xizmatlar — 115,8 foiz.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring