Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda yangi kichik GES ishga tushirildi

Surxondaryoda yangi kichik GES ishga tushirildi

Surxondaryo viloyatida 20 noyabr kuni «Zarchob-2» kichik gidroelektrostansiyasi ishga tushirildi. Ushbu inshoot loyihaviy quvvatiga ko‘ra 38,2 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Qurilish jarayonlarida gidroturbinaning spiralsimon kamera qismini yig‘ish ishlari, bosimli hovuz, bosimli suv quvurini qurish va boshqa bir qator qurilish ishlari izchillik bilan olib borildi.

Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu resurs tabiiy va qayta tiklanuvchan hisoblanib, GES tomonidan ekologiyaga hech qanday zarar yetkazilmagan. Mazkur loyihani ishga tushirilishi natijasida

Surxondaryo viloyatining elektr energiyaga bo‘lgan talabining muayyan qismini, sanoat va iqtisodiyot korxonalarini ta’minlash imkoni vujudga keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring