Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuridik shaxslarga STIRni biriktirish reglamenti tasdiqlanmoqda

Yuridik shaxslarga STIRni biriktirish reglamenti tasdiqlanmoqda

Vazirlar Mahkamasining 05.08.2024 yildagi «Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida» 2022 yil 2 apreldagi 150-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida»gi 480-sonli qarori qabul qilindi. 

Hujjat bilan yuridik shaxslarga STIR biriktirish bo‘yicha reglament tasdiqlanmoqda.

STIR bir marotaba beriladi va yuridik shaxs tugatilgandan so‘ng ushbu STIR boshqa soliq to‘lovchiga biriktirilmaydi.

Ma’lumot uchun: 2021 yil 1 iyuldan boshlab soliq to‘lovchi-jismoniy shaxslarning hisobini yuritish JShShIR orqali amalga oshiriladi. Jismoniy shaxsga STIR berish davlat xizmati to‘xtatilgan. 

STIR Soliq qo‘mitasi tomonidan quyidagi jarayonlarda beriladi: 

  • nodavlat notijorat tashkilotlariga adliya organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida;
  • banklar, kredit byurolari va chet el banklarining vakolatxonalariga Markaziy bank tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (akkreditatsiya qilish) jarayonida;
  • diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlarning konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonida;
  • xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalariga Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonida;
  • boshka yuridik shaxslarga davlat xizmatlari markazlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida.

Ro‘yxatga oluvchi organlarning so‘rovnomalari Soliq qo‘mitasining tizimida real vaqt rejimida, biroq 1 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Identifikatsiya raqamini noto‘gri yoki noaniq ko‘rsatish soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qo‘llanish tartibini buzishga tenglashtiriladi.

Ma’lumot uchun: STIR quyidagi hujjatlarda majburiy ko‘rsatiladi:

  • faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarda;
  • yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xo‘jalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnomalarida;
  • yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bitimlar tuzilganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalarda va tovar-kuzatuv hujjatlarida;
  • pul, hisob-kitob va to‘lov hujjatlarida;
  • qonunchilikda belgilangan hollarda boshqa hujjatlarda.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.08.2024 yildan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring