2025-yilda 37,5 mingdan ortiq nikohdan ajrashish holatlari qayd etilgan
2025-yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid 70 535 ta ish ko‘rilgan.
Oliy sud hisobotida qayd etilishicha, ko‘rib tamomlangan ishlarning 37 544 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan), 24 244 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (nikohlar bekor qilinmagan), 6 239 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 2 508 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Qayd etilishicha, hisobot davrida eng ko‘p fuqarolik nizolari Toshkent shahar, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Andijon viloyatlarida ko‘rilgan.
Ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlardan 206 399 tasi bitimlar (oldi-sotdi, kredit, qarz va boshqalar), 70 535 tasi nikohdan ajratish, 26 960 tasi uy-joy munosabatlari, 19 914 tasi alohida toifadagi ishlar, 12 982 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzish bilan bog‘liq va boshqa toifadagi ishlarni tashkil qiladi.
Manba: t.me


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter