Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Laziz Rahmatov

El ozodligi buyuk ne’mat, shaxs ozodligi esa undan-da ulug‘roq!

6 ta mahallada 1420 ta muammo... Juda ko‘p emasmi?

6 ta mahallada 1420 ta muammo... Juda ko‘p emasmi?

Foto: Laziz Rahmatov

Respublika 2-ishchi guruhi Baliqchi tumanidagi «Qahramon», «Mallachek», «Nasriddinobod», «Yangihayot», «Yuzchinor» va «Adolat» mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan edi. Ishchi guruh tomonidan 2018 yil 29 may — 4 iyun kunlari katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha oilaviy ajrim yoqasiga kelib qolgan va hech murosa-yu madoraga kela olmayotgan 3 ta oila yarashtirildi.

496 ta xonadonga suyultirilgan gaz ballonlari taqdim etildi. Hozirgi kunda ushbu masalada 193 nafar fuqaroning muammolari o‘z yechimini kutmoqda. 3 ta xonadonga ko‘mir taqdim etildi. Hozirgi kunda ushbu masalada 7 nafar fuqaroning muammolari ham hal bo‘lish arafasida.

21 nafar shaxsga fuqarolik pasportini taqdim etish uchun hujjatlar qabul qilindi, 1 nafar shaxsning fuqarolikni olish masalasi Ichki ishlar vazirligiga jo‘natildi. 21 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ularning 2 nafari davolanish uchun shifoxonaga yotqizildi, 17 nafariga esa davolanish uchun order berildi. 3 nafar kam ta’minlangan oilaga dori-darmon taqdim etildi. 7 ta fuqaroga davolanish uchun sihatgohga yo‘llanma ajratildi. Hozirgi kunda sog‘liqni saqlash masalasida 27 nafar fuqaroning muammolari o‘z yechimini kutmoqda.  

Yo‘llarni ta’mirlash masalasida ham ko‘plab murojaatlar bo‘ldi. Ishchi guruhi faoliyati davrida avtogreyderlar yordamida 3 ta ko‘cha tekislanib, 2 chaqirim yo‘lga shag‘al yotqizildi.

Foto: Laziz Rahmatov

17 ta yangi elektr simyog‘ochlar olib kelindi. 24 ta yangi elektr simyog‘och o‘rnatish uchun joylar hozirlandi, 1 ta transformator ta’mirlandi. Hozirgi kunda mazkur yo‘nalishda 48 ta muammo o‘z yechimini kutmoqda. Moddiy yordam so‘rab jami 82 nafar fuqaro murojaat qilgan. Ularning 38 tasi joyida hal etildi.

Bandlikni ta’minlash sohasida 88 nafar fuqaro murojaatining 61 tasi hal etilgan. Bankdan kredit olish istagini bildirgan 62 ta murojaatdan 23 tasi bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish boshlandi. Olib borilgan ishlar natijasida 14 ta murojaat egasi kredit shartlarini qanoatlantirish imkoniyatiga ega emasliklarini bildirdi.

Ichimlik suvini yaxshilashga oid 37 ta murojaatning barchasi hal etish uchun «Suvoqava» korxonasi xulosasi asosida «Mahalla yo‘l xaritasi»ga kiritildi.

Mahallalardagi ko‘cha va qabristonlarda umumiy hisobda 7 ta hashar uyushtirildi, unda 210 kishi ishtirok etdi. Kadastr masalasi bo‘yicha 51 ta murojaatning 34 tasi ijobiy hal etildi. Pensiyani qayta hisoblash bo‘yicha 5 ta murojaat bo‘ldi, shundan barchasi ijobiy hal etildi. Aliment masalasi bo‘yicha 3 ta murojaat bo‘ldi. Ular ham ko‘rib chiqilib o‘z yechimini topdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bajarilgan ijobiy ishlar bilan birga bir qator tashkilot va muassasalar tomonidan aholi muammolarini hal etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda.

O‘rganishlar davomida ishchi guruh tomonidan jami 2439 ta xonadonga kirib chiqildi va turli yo‘nalishlarda 1420 ta muammo aniqlandi. 2018 yil 4 iyungacha jami 865 ta (61 %) muammo joyida hal etildi. Qolgan 555 ta (39 %) muammo «Yo‘l xaritasi»ga kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring