Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ahmadboy»ning necha milliard qarzi bor? MIB ushbu summani oshkor qildi

«Ahmadboy»ning necha milliard qarzi bor? MIB ushbu summani oshkor qildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Firibgarlik, noqonuniy moliyaviy piramida tashkil etish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topilib,  javobgarlikka tortilgan chinozlik  Ahmadjon  Tursunboyevdan («Ahmadboy») jabr ko‘rgan fuqarolar soni va ularga yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritildi.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, bu haqda bugun, 17-dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan tadbirda Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Mengliyev ma’lum qildi.

Bekzod Mengliyev.

Unga ko‘ra, A.Tursunboyev va boshqalarning jinoyatlariga oid kelib tushgan ijro hujjatlariga ko‘ra, «Ahmadboy ishi» doirasida 11 710 nafar fuqaro jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan. Yetkazilgan zarar miqdori esa 386 mlrd. so‘mdan ko‘proqni tashkil qiladi.

Ayni paytda mahkumga tegishli 29 ta ko‘chmas mulk va 8 ta avtomobil xatlanib, ularni auksionda sotish ustida ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, dastlabki tergov davrida olib qo‘yilgan pul mablag‘lari ham mavjud.

Alohida qayd etildiki, dastlabki tergovda olib qo‘yilgan pul mablag‘lari MIB hisob-raqamiga o‘tkazilishi va mulklar sotilishi hamono zararlarni qoplash boshlanadi. Jabrlanuvchilarning ro‘yxati shakllantirilgan, tushgan mablag‘lar  bo‘yicha maxsus elektron dastur yaratilgan bo‘lib, kimning qancha haqi borligidan kelib chiqqan holda proporsional taqsimlanib boriladi.

Bundan anglashiladiki, pul mablag‘lari jabrlanuvchilarning plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.  Plastik kartaga ega bo‘lmagan jabrlanuvchilar nomiga esa (MIB tashabbusi bilan) tegishli bank muassasasidan shunday to‘lov vositasi tekinga ochib berilmoqda.

Xatlangan mulklar va dastlabki tergov jarayonida olib qo‘yilgan pul miqdori zararlarni qoplashga yetadimi?

Bu savol hamon muallaq turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring