Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi

Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi

Videodan skrinshot

Angren shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv ishi doirasida fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va tegishli tartibda chora ko‘rmaslik evaziga 10 ming AQSh dollari talab qildi.

DXX, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan tergovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring