Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bekobod tumanida chiqindilar to‘plash joyi yonib ketdi, aholi tutundan zararlanmoqda

Bekobod tumanida chiqindilar to‘plash joyi yonib ketdi, aholi tutundan zararlanmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent viloyati, Bekobod tumani, Xos MFY yaqinida joylashgan chiqindilar to‘plash joyi yonmoqda. Mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladigan aholi tutundan aziyat chekayotgani Xabar.uz’ga ma’lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, chiqindilar to‘plash joyi aholi yashaydigan hududdan 1 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mahalla ahli yong‘indan avval ham chiqindilar to‘plash joyidan ko‘tariladigan qo‘lansa xiddan aziyat chekib kelayotgan edi. «Tunda derazalarni yopib uxlashga majburmiz. Aks-holda qo‘lansa xidga chidab bo‘lmaydi. Yong‘in boshlangandan so‘ng ahvol og‘irlashdi. Shamol qaysi tomonga essa, o‘sha tomon tutunda qolib ketyapti», — deydi Xabar.uz’ga murojaat qilgan fuqaro.

Chiqindilar to‘plash joyi atrofida shuningdek yana Bobur MFY va Navoiy MFY joylashgan. Ularda ham ayni muammo kuzatilmoqda. Xabar qilinishicha, ushbu chiqindilar to‘plash joyi Bekobod tumanida joylashgan bo‘lsa-da, bu yerga Bekobod shahridan chiqindilar olib kelinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring