BMB AGRO PLUS “yashil energetika”dan unumli foydalana boshladi (foto)

O‘zbekistonda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish ishlari izchil davom etmoqda.
Prezidentning 2023 yil 16 fevraldagi PQ–57-son qarori ijrosi doirasida BMB HOLDING tizimiga kiruvchi BMB AGRO PLUS korxonasida zamonaviy quyosh panellari o‘rnatildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu tashabbus zamirida ekologik jihatdan toza hududlarni shakllantirish va “yashil energetika“ tamoyillarini joriy etish kabi maqsadlar yotadi. Qolaversa, bu korxonaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini mustaqil ta’minlash imkonini yaratadi. Ortiqcha ishlab chiqarilgan energiya esa davlat elektr tarmoqlariga sotilishi nazarda tutilgan.
Shunday qilib, korxona faoliyatida muqobil energiya manbalari tatbiq etilishi nafaqat iqtisodiy jihatdan samarali, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim o‘rin egallaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter