Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda «Yoshlar haftaligi» bo‘lib o‘tadi

Buxoroda «Yoshlar haftaligi» bo‘lib o‘tadi

Buxoro viloyatida 2018 yilning 10-15 sentyabr kunlari «Yoshlar haftaligi» bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur haftalikda Buxoro viloyatining Kogon, Buxoro, Qorovulbozor, Shofirkon, G‘ijduvon tumanlarida bir qator tadbirlar, ochiq muloqotlar, seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.  «Yoshlar haftaligi» da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, «Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar markazi», «Yoshlarga psixologik xizmat ko‘rsatish markazi», Yoshlar muammolarini o‘rganish instituti,  Respublika yosh ijodkorlar kengashi vakillari ishtirok etadilar.

Haftalik doirasida notinch hamda jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar bilan ishlash bo‘yicha seminar, imkoniyati cheklangan bolalar bilan uchrashuv, ijodkorlar bilan uchrashuv va kitob taqdimotlari, maktab va ittifoq sardorlari uchun o‘quv seminar, sport musobaqalari, notinch hamda jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar bilan ishlash bo‘yicha seminar, mexnat yarmarkalari o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring