Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat korxonalarida ayrim funksiyalar autsorsingga beriladi

Davlat korxonalarida ayrim funksiyalar autsorsingga beriladi

Vazirlar Mahkamasining 306-sonli qarori bilan ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat korxonalarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi.

Yangi nizomga ko‘ra, autsorsing xizmati quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:

  • autsorserni aniqlash;
  • korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
  • autsorser tomonidan funksiyalarning sifatli bajarilishi;
  • davlat buyurtmachisining funksiyalarini bajarish bilan band bo‘lgan xodimlar sonini (shtatini) qisqartirish.

    Ishtirokchilarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:
  • tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
  • beriladigan funksiyalar yo‘nalishida kamida 6 oy faoliyat olib borgan bo‘lishi;
  • autsorsing shartnomasini bajarish uchun yetarli ish tajribasi hamda boshqa resurslarga ega bo‘lishi;
  • soliq va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
  • ishtirokchining sud qarorlari bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlari mavjud emasligi.

Autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan nazorat va monitoring davlat buyurtmachisi tomonidan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring