Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikiston delegatsiyasi “Raqamli hukumat” markaziga tashrif buyurdi

Tojikiston delegatsiyasi “Raqamli hukumat” markaziga tashrif buyurdi

Tojikistonning davlat va xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiyasi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida bo‘ldi.

Tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolariga O‘zbekistonning raqamlashtirish sohasida qanday yutuqlarga erishayotgani, hukumatning raqamlashtirish jarayonlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi qulayliklar hamda davlat tashkilotlaridagi raqamlashtirish bilan bog‘liq islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv yakunida delegatsiya a’zolari O‘zbekistonning raqamlashtirish sohasidagi yutuqlarini alohida e’tirof etib, bu tajribalarni o‘z faoliyatlarida qo‘llashlarini ta’kidlab o‘tishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring