Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi xorijda amal qiladigan hujjatlarni tasdiqlatish uchun poytaxtga kelish shart emas

Endi xorijda amal qiladigan hujjatlarni tasdiqlatish uchun poytaxtga kelish shart emas

Bugungi kungacha xorijiy davlatlarda amal qilishi uchun berilgan hujjatlarni tasdiqlatish uchun fuqarolar Adliya vazirligiga, Toshkent shahriga kelishlari zarur edi. Yangi tartibga asosan bu talab bekor qilinib fuqarolar ushbu hujjatlarni tasdiqlatish uchun Toshkent shahriga kelib yurmasdan, o‘zlarining doimiy yashash joylaridagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladilar. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi qaroriga asosan endilikda, davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan xorijiy davlatlarda amal qilishi uchun berilgan ishonchnoma, shartnoma, guvohnomalarni, shuningdek FHDYo bo‘limlari tomonidan berilgan guvohnoma va ma’lumotnomalarni tasdiqlashda imzoning va hujjatga qo‘yilgan muhr yoki shtampning haqiqiyligini tasdiqlab, maxsus shtamp qo‘yish apostil hisoblanadi.

Markaz xodimlari tomonidan elektron anketa to‘ldirilib, 10 daqiqa ichida tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar adliya boshqarmasiga yuboriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli viloyat yoki Toshkent shahar adliya boshqarmasi anketani qabul qilib olganidan so‘ng 5 ish kuni ichida hujjatni tasdiqlash (apostil qo‘yish) bo‘yicha qaror qabul qiladi.Hujjatlar tasdiqlangan taqdirda darhol davlat xizmatlari markaziga yetkaziladi.

Davlat xizmatlari markazi hujjat tasdiqlanganligi haqidagi xat tushgandan so‘ng 1 soat mobaynida hujjatini olib ketish uchun ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring