Harbiylarning maoshi va pensiyasi oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha muhim qarorlar haqida e’lon qilindi.
Xususan, 1 -apreldan boshlab Mudofaa vazirligi ofitserlariga ko‘p yillik xizmati uchun to‘lanadigan ustamalar 2 barobar oshiriladi. Kontrakt asosida xizmat qilayotgan askar va serjantlarning oylik maoshi 10 foizga ko‘paytiriladi.
Hududiy mudofaa ishlari boshqarmalaridagi harbiy bo‘lmagan xodimlar maoshi joriy yilda 20 foizga, kelasi yil esa yana 50 foizga oshiriladi. 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun pensiya hisoblashda inobatga olinadigan oylik 75 foizdan 100 foizga yetkaziladi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar uchun uy-joy qurilishi kengaytiriladi va pensiya ta’minotiga oid alohida qonun loyihasi ishlab chiqilib, parlamentga kiritiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter