Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon banki vitse-prezidenti Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligiga bordi

Jahon banki vitse-prezidenti Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligiga bordi

Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida xalqaro tashkilot vakillari Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrif buyurdi. 

Ayni kunlarda poytaxtimizda beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli anjuman doirasida qator xalqaro moliya institutlari va tashkilotlar vakillari yurtimizda bo‘lib, amalga oshirilayotgan islohotlar, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqdalar. 

Jumladan, 17-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligiga Jahon banki vitse-prezidenti Sangbu Kim tashrif buyurdi. Mehmonlarni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Dusmuhamedov hamda Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Bahodir Gaibnazarov kutib oldi. 

Uchrashuv jarayonida mehmonlarga tuman hokimligining faoliyati, boshqaruv tizimi, hududni kompleks rivojlantirishga qaratilgan loyihalar hamda raqamli boshqaruv mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, «Vaziyatlar markazi» faoliyati, uning real vaqt rejimida muammolarni aniqlash va tezkor hal etishdagi o‘rni alohida taqdim etildi. 

Xalqaro tashkilot vakillari tuman hokimligida joriy etilgan zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, ochiqlik va samaradorlikka qaratilgan tizimli ishlarni yuqori baholab, bu kabi tajribalar hududlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring