JCh ishtirokchilari sonini 64 tagacha oshirish masalasi ko‘rilmoqda
FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 ta davlatga kengaytirishni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
«Faqat Yevropa va Janubiy Amerika emas, balki butun dunyo Jahon chempionati haqida orzu qila olishi kerak», deya undan iqtibos keltiradi Blue Sport nashri.
FIFA prezidenti Jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar sonini kengaytirish masalasi 2026-yilgi mundialdan keyin muhokama qilinishi kerakligini ta’kidladi.
2026-yilgi Jahon chempionati hozirda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda, unda 48 ta jamoa ishtirok etmoqda - bu turnir rekordidir. Jahon chempionatidm finalga chiqish uchun kurash Ispaniya va Fransiya hamda Angliya va Argentina o‘rtasida bo‘ladi.
Jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar sonini kengaytirish taklifi ilgari Janubiy Amerika futbol federatsiyasi prezidenti Alexandro Dominges tomonidan taqdim etilgan edi. Jamoalar har biri to‘rttadan iborat 16 ta guruhga bo‘linishi kutilmoqda. Har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa pley-offga chiqadi va keyinchalik Olimpiya tizimiga muvofiq medallar uchun kurashadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter