Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlar faoliyatiga IIB bosimi davom etmoqda!

Jurnalistlar faoliyatiga IIB  bosimi davom etmoqda!

Skrinshot

Ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyatiga aralashish, ularga turli shaklda bosim o‘tkazish holatlari davom etmoqda. Bu borada Ichki ishlar tizimi xodimlari «peshqadam»likning qo‘ldan bergisi kelmaydigandek  go‘yo...

Mana, IIB xodimlarining jurnalistlik faoliyatiga  aralashish va to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq yana bir holat berdi. Ya’nikim,  Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan  Human.uz sayti muxbirlari IIB xodimlarining bosimiga uchradi.  Sayt muxbiri Mavjuda Mirzayevaning ma’lum qilishicha, ular erta tongdan Sardoba falokati ortidan uy-joylarida evakuvatsiya qilingani  odamlar bilan gaplashib, sharoitlari haqida reportaj tayyorlashga kirishgan. Biroq o‘sha yerdagi Ichki ishlar xodimlari  ularning faoliyatiga ochiqdan ochiq aralashib, hatto tasvirchini olib ketishgan! O‘z navbatida Mavjuda Mirzayevaning «Operatorni nega olib ketyapsiz?, degan savolga organ xodimi «Siz qonun talablariga qarshilik qilyapsiz», deydi. Qanday qonun talablari buzilgani haqidagi savolga javob bermaydi va «Obor, «zapis»larni ko‘rasan, o‘chirib tashlaysan», deya buyruq beradi.

Qiziq,  ichki ishlar xodimi  jamoatchilikdan nimani yashirmoqchi?

Bu  keyingi ikki hafta ichida ommaviy axborot vositalari xodimlariga bosim o‘tkazish bog‘liq uchinchi holatdir.  Har uchala holatda ham ichki ishlar organi xodimining  ishtiroki bor.

Shu yilning 21-aprel kuni «Ma’rifat» gazetasining Farg‘ona viloyati bo‘yicha muxbiri Sharifa Madrahimova  mahalliy hokimiyat va IIB xodimi bosimiga uchradi. Buning oqibatida hokimlik xodimi vazifasidan ozod etildi, jurnalistni «shaxsini aniqlash» vaji bilan ikki soatdan ko‘proq vaqt tuman IIBda ushlab turgan xodimning xatti-harakatlari esa qonuniy (?!) deb topildi.

Shu yilning 27-aprel kuni Toshkent tumanida fuqaro murojaatini o‘rganayotgan  Human.uz sayti rahbari, jurnalist Xurshid  Daliyev  ham IIB xodimlarining to‘sqinligiga duch kelgandi. Ayni holat prokuratura tomonidan o‘rganilgani aytilmoqda.  Hozircha yangilik yo‘q.

Bugungi voqelik esa yuqorida bayon etildi.

«Xabar. uz» voqealar rivojini kuzatib boradi.

P. S. Hozir Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi holat yuzasidan bayonot berdi. Unga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi ommaviy axborotlar vositalari uchun doimo ochiq va ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi ta’kidlanib, Human.uz portali jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilajagi aytiladi.

Kutamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring