Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jurnalistlar uyushmasining yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi

Jurnalistlar uyushmasining yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi

Bugun, 25-iyun kuni O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining VII konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Uyushmaning 2021–2025 yillardagi faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish konsepsiyasi muhokama etildi.

Shuningdek, Uyushmaning yangi rahbar organlarini saylash, Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda yangi tashkiliy tuzilmani tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Shuhrat Oripov uyushma raisi, Dilshod Bo‘riyev esa uning o‘rinbosari sifatida tasdiqlandi.

Shu kunga qadar Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchisi bo‘lgan Holmurod Salimov «Yangi O‘zbekiston» gazetasida bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek, Shahribonu Imomova ham uyushmasi raisiga o‘rinbosar sifatida tanishtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring