Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nazorat inspeksiyasi haydovchilarni ikki mahsulotdan ogohlantirdi

Nazorat inspeksiyasi haydovchilarni ikki mahsulotdan ogohlantirdi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Qashqadaryo viloyat bo‘limi tomonidan Qarshi shahridagi «Osiyo» avtomobillarga ehtiyot qismlar bozorida «BIO COIL» antifrizi hamda oyna tozalovchi suyuqligi mahsulotlari bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazildi

Nazorat xaridi doirasida olingan mahsulotlar akkreditatsiyalangan laboratoriyada sinovdan o‘tkazildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, antifriz mahsuloti amaldagi texnik reglamentlar talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Mazkur mahsulotning past issiqlik o‘tkazuvchanligi dvigatelning qizib ketishiga hamda ayrim detallar zanglashiga olib kelishi mumkin. 

Shuningdek,«BIO COIL» oyna tozalovchi suyuqligi qish mavsumida muzlashi, shisha yuvish tizimining ishdan chiqishiga va haydovchining ko‘rish maydonini cheklashiga sabab bo‘lishi ehtimoli mavjud. Tarkibida inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan moddalar bo‘lishi ham istisno etilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring