O‘zbekistonda 2,5 milliondan ortiq fuqaro «Kreditga taqiq» xizmatiga ulangan
2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2 million 574 ming 26 nafar jismoniy shaxs «Kreditga taqiq» xizmatiga ulangan. Bu haqda Kredit axborot-tahlil markazi ma’lum qildi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, xizmatdan foydalanuvchilarning:
- 1 million 497 ming 389 nafari erkaklar;
- 1 million 76 ming 637 nafari ayollar hisoblanadi.
«Kreditga taqiq» xizmati fuqarolarni ularning nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirish holatlaridan himoya qilishga xizmat qiladi. Fuqarolar ushbu xizmatni mustaqil ravishda yoqishi yoki o‘chirishi mumkin.
Xizmatni «KATM» mobil ilovasi, Kredit byurosining rasmiy veb-sayti, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali faollashtirish yoki bekor qilish mumkin.
Qayd etilishicha, «Kreditga taqiq» xizmati mutlaqo bepul ko‘rsatiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter