O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan savdo aloqasi haqida ma’lumot berildi
O‘zbekistonning 2025-yildagi YeOII bilan savdo aloqasi haqida ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, bu boradagi ko‘rsatkich hisobot davrida 20,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.
Shundan:
- eksport – 6,9 mlrd AQSh dollari;
- import – 13,3 mlrd AQSh dollari.
Jumladan, Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 8,4 foizga o‘sdi va 12,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. 
Shuningdek, Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 4,9 mlrd AQSh dollarini (11,4 foizga o‘sdi), Belarus bilan 965 mln AQSh dollarini (24,7 foizga o‘sdi) hamda Qirg‘iziston bilan 1,2 mlrd AQSh dollarini (37,1 foizga o‘sdi) tashkil etdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter