Prezident administratsiyasi tarkibidagi bo‘linmalar boshqa binoga ko‘chdi, Senat ham ko‘chiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Tursinxon Xudaybergenov) bo‘linmalari boshqa manzilga ko‘chib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Xalq qabulxonasi ushbu bo‘linmalar tuzilmasi tarkibiga kiradi. Xalq qabulxonalarining boshqaruv xodimlari esa Prezident Administratsiyasining xodimlari hisoblanadi.
«Xabar.uz» manbasining xabar berishicha, Amir Temur shoh ko‘chasi, 14-uyda (Toshkent viloyati hokimligining avvalgi binosi) joylashgan bo‘linmalar Navoiy ko‘chasi shoh ko‘chasi, 4-uyga (sobiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi binosi) ko‘chgan. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’muriyati esa bir muncha muqaddam Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uyga joylashtirilgan edi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ham Tashqi ishlar vazirligi binosiga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda avval ham xabarlar tarqalgandi, hatto Senat apparati xodimlari va senatorlar ko‘chirilib, ammo TIV binosi jiddiy ta’mirga muhtojligi tufayli yana Mustaqillik maydonida joylashgan o‘z binosiga qaytib kelgandi.
Tashqi ishlar vazirligi esa, avval aytilganidek, Xalq bankining avvalgi bosh ofisi (Toshkent shahri hokimiyatining sobiq binosi)ga joylashtirilgan.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Senat binosi Prezident qarorgohi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter