Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Psixolog»lar sizni dindan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang! (video)

Bugungi kunda psixologlar haqida gap ketganda ikki xil qarash mavjud: kimdir psixologlar kerak emas desa, yana kimlardir inson ruhiyatini biznesga aylantirayotgan ayrim qo‘shtirnoq ichidagi «chala psixolog»larning domiga allaqachon ilinib bo‘lgan.

Shu qadar ilinganki, ular qayta-qayta seminar yoki kurs tashkil qilsa barchasiga necha pul bo‘lishidan qat’i nazar o‘qishga yoki sotib olishga tayyor!

Kimdir ana shu seminardan keyin faqat o‘zini sevib, oilasini barbod qilsa, boshqasi hatto islom diniga zid bo‘lgan qandaydir texnikalar bilan go‘yoki dushmanlaridan o‘ch oladi.

Aslida musulmon insonga psixolog yordami kerakmi yoki yo‘q?

Inson dinidan va qadriyatlaridan qat’i nazar, uning jismini davolovchi shifokorga qanchalik ehtiyoj sezsa, ruhiyatini davolatishga ham shu qadar muhtoj!

Faqat chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin, deganlaridek, har sohaning o‘zining ilmli mutaxassisi bo‘lgani yaxshi. Zero, inson hayotini va uning kechinmalarini biznesga aylantirishga hech kimning haqqi yo‘q!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring