Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qamoqdan chiqarish»ni va’da qilgan advokat qamoqqa olindi

«Qamoqdan chiqarish»ni va’da qilgan advokat qamoqqa olindi

DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQKD shahar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlar hay’atining muqaddam sudlangan advokati firibgarlik orqali 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, advokat Shayxontohur tuman IIO FMB TB ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov davomida gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik masalasini mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni va’da qilgan.

Advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring