Shuhrat G‘aniyev nomzodi yangi lavozimga ma’qullandi
2020 yil 25 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlar Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Shuhrat G‘aniyev nomzodini ko‘rib chiqdilar.
Xalq vakillari tomonidan Shuhrat G‘aniyev nomzodi ma’qullandi.
Eslatib o‘tamiz, G‘aniyev boshqa ishga o‘tishi bilan Farg‘ona viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan, uning o‘rniga Namangan hokimi Xayrulla Bozorov tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter