Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov bir oyda manzil koloniyaga chiqadi — «Ezgulik» raisi

Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov  bir oyda manzil koloniyaga chiqadi — «Ezgulik» raisi

Inson huquqlari faoli, «Ezgulik» jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov jazoni ijro etish muassasida sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirov va Ixtiyor Abdullayevni uchratgani haqida yozdi.

«Kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili qoshidagi komissiya tarkibida O‘zbekiston IIV JIEBB tizimidagi 22-sonli koloniyada monitoring o‘tkazdik.

Bu o‘rinda jamoatchilikni ko‘proq qiziqtiradigan manzara borki, shaxsan mening zonaga tashrifim ham, bu postni yozishga undagan jihat ham shudir. Ya’ni, bu yerda jazo muddatini o‘tayotgan yuqori darajadagi mulozimlar: sobiq Bosh prokurorlar Rashidjon Qodirov, Ixtiyor Abdullayev, sobiq MXX katta zobiti Javdat Sharifxo‘jayev, Bosh prokuror o‘rinbosari Ulug‘bek Sunnatov va Xurramovlar»,—deya yozadi Tashanov.

«Avval mamlakatimizga uch muddat Bosh prokurorlik qilgan Rashidjon Qodirov bilan suhbatlashdik. U kishidan sharoitlar, mahkumlarga muomala haqida so‘radim. Har holda hushyor odam — yaqin bir oyda manzil koloniyaga chiqishini, shikoyatlari yo‘qligini, BMT strukturalariga qiynoqlar bo‘yicha shikoyat qilmaganini, sog‘lig‘i yaxshiligini aytdi. «Yurak bo‘yicha avvalroq sangorodda davolangandik, hozir hammasi yaxshi»,— dedi Qodirov.

Ko‘rdikki, sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirov hozirda tikuv sexida ishlamoqda. Uning qo‘lidan chiqqan guldor matolardan tikilgan bejirim ayollar ko‘ylagi, lozimi va boshqa ashyolar ko‘zni quvontiradi. Rasmlarga olishdi, komissiyamiz vakillari hademay bu rasmlar chop qilishsa kerak.

General Abdullayevni chinni sexida idishga naqsh solayotgan jarayonda uchratdim. Ungacha muassasaning tibbiy bo‘limiga kirib, u kishining tibbiy kartasi bilan tanishgandim. Hujjatga ko‘ra, Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi JKning 242- va 301-moddalari bilan 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Unga nisbatan yaqin orada ikki marta o‘tkailgan Kovid testi manfiy chiqqan. Bo‘yin umrtqa pog‘ona qismidagi og‘riqdan shikoyat qilgan. Ko‘zining ko‘rish darajasi birinchi ko‘zda +1 va ikkinchi sohada +2,58...».

Tashanov o‘z postining yakunida ta’kidlashicha, koloniyadagi manzara qoniqarli. Masalan, siyosiy ahamiyatga molik bo‘lgani uchun Bosh prokurorlarga alohida mulozamat yoki kuzatuv yo‘q. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring