Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tenge, rubl va dollar: Yangiyo‘l va Sirdaryoda valyutafurushlar ushlandi

Tenge, rubl va dollar: Yangiyo‘l va Sirdaryoda valyutafurushlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro D.Q. fuqaro U.B.ga 1 660 AQSh dollari, 500 000 qozoq tengesi va 91 750 rossiya rublini 45,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shuningdek, Departamentning Boyovut tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.G. fuqaro M.P.dan 1,8 mln qozoq tengesini 3 450 AQSh dollari va 225 ming so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring