IIBB fuqaroning tinchligini buzgan mast erkak bo‘yicha ma’lumot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs o‘zga xonadon eshigini sababsiz taqillatib, fuqarolarning tinchligini buzganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur holat yuzasidan IIBB ma’lumot berdi.
Aytilishicha, joriy yilning 20-yanvar kuni taxminan soat 00.15 larda Yunusobod tumani, 11-mavzeda joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida, 1995-yilda tug‘ilgan, mast holatda bo‘lgan T.I. shu uyda yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan S.I. ning xonadon eshigini tortib, qo‘ng‘iroqni bir necha marotaba chalgan holda fuqarolarning tinchligini buzgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter