Rossiyada o‘zbekistonlik fuqaro antirekord o‘rnatdi
O‘zbekistonlik fuqaro yo‘l qoidasiga rioya qilmaslik bo‘yicha Rossiya yo‘llarida antirekord o‘rnatdi. Ikki oy ichida u 131 marta yo‘l harakati qoidalarini buzishga muvaffaq bo‘ldi.
36 yoshli Hyundai Sonata haydovchisi Tyumen davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasini hayratda qoldirdi: u chorrahalarni qizil svetoforda 41 marotaba kesib o‘tgan, 49 marotaba to‘xtash chizig‘i orqasida harakatlangan va 40 marotaba tezlik chegarasini oshirgan.
O‘zbekiston fuqarosi tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar yo‘llardagi kameralar tomonidan qayd etilgan, deb yozadi Megatyumen.ru. Tyumen viloyati ichki ishlar xizmati matbuot xizmatining xabar berishicha, haydovchi 109 700 rubl (deyarli 1500 dollar) miqdorida jarima to‘lashi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter