Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umumilliy aksiya davom etmoqda

Umumilliy aksiya davom etmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Davlat xizmatlari agentligi umummilliy aksiyalar doirasidagi tadbirlarini davom ettirmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha, 24-oktyabr kuni Namanganda bo‘lib o‘tdi. DXAning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan 18 nafar shaxsga o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish haqidagi hokimning qarorlari hamda 10 nafar voyaga yetmagan shaxsga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar, 4 nafar shaxsga nikoh tuzilganligi haqida guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda 1944-yilda tug‘ilgan Bahodir ota Otaboyev va uning turmush o‘rtog‘i — 1957-yilda tug‘ilgan Sanoatxon aya Qodirova qirq yillik turmushlari qonun asosida rasmiylashtirib berilgani uchun o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring